Zulmat va adolatsizlikka to‘la dunyoda kechadigan hikoya. Jamiyat yuqori tabaqa va quyi tabaqaga bo‘lingan, quyi tabaqadagilar keraksiz chiqindidek tashlab yuboriladi. Asosiy qahramon Rudo ham begunoh bo‘lsa-da, og‘ir jinoyatda ayblanib “chuqur”ga uloqtiriladi. U yerda u yashash uchun kurashadi, “Cleaner”lar deb ataluvchi maxsus jangchilar safiga qo‘shilib, kuchli dushmanlarga qarshi turadi va jamiyatning qora sirlarini fosh etishga intiladi.